Klopp Muhammad Salohning ketishi haqida gapirdi

  • 5 noyabr, 2023, 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ommaviy axborot vositalarida “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkinligi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.

Tecno

Bunga jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp munosabat bildirdi.

- Muhammad menga hech qachon ketishni istayotgani haqida gapirmagan. Shuning uchun men ham bu haqida umuman o‘ylamaganman. Boshqa gapdan xabarim yo‘q. Muhimi, Saloh hozir biz bilan, - dedi Yurgen Klopp.

Matbuotda Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi misrlik forvard uchun 200 million evro tikishga tayyorligi va o‘yinchining o‘ziga katta maosh taklif qilayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilyapti.

Muhammad Saloh “Liverpul”da 2017 yildan beri to‘p tepmoqda. 31 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!