Klopp o‘zining o‘rnini kim egallashini aytdi

  • 13 dekabr, 2021, 11:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp vaqti kelib uning lavozimini klub afsonasi Stiven Jerrard egallashiga amin ekanini aytdi.

Tecno

Angliyalik mutaxassis murabbiy sohasiga endi qadam qo‘ygan bo‘lsa-da, Klopp uning orzusi amalga oshib, o‘zi o‘ynagan klubni boshqarishiga ishonmoqda.

- Buning uchun qulay vaqt kelishi kerak. Yagona muammo shu. Frenk  Lempard “Chelsi”ni boshqargani bunga misol bo‘la oladi. Jerrardning ishlari yaxshi ketyapti. U murabbiylik uchun juda yosh. Stiven “Liverpul”ni qabul qilib oladigan darajaga etgunicha kutishi kerak.

Men bu albatta amalga oshishiga ishonman. U to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda. Bu hamma uchun yaxshi bo‘ladi, - dedi Yurgen Klopp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!