Klopp qidirganini topdi
“Liverpul” hamon markaziy himoyachi qidirmoqda. Qishda transfer qilinishi mumkin bo‘lgan futbolchilar qatori “Roma” vakili Rojer Ibanes ham qo‘shildi.
Bu futbolchi “Roma” tarkibida shu yilning yanvar oyidan beri 21ta uchrashuvda maydonga tushdi. Garchi braziliyalik charm to‘p ustasi himoyada ishonchli o‘ynasa ham, golli vaziyatlarda ishtirok etgani yo‘q.
Rim klubi 22 yoshli himoyachining transferini 36 million funtga baholamoqda. Hozircha “Liverpul” Ibanesga ko‘z tikkan yagona klub bo‘lib turibdi.

Fikrlar