Klopp “Real”dan nega uzr so‘radi?

  • 14 aprel, 2021, 18:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Real” uy uchrashuvlarini o‘tkazayotgan zaxira maydoni – “Alfredo Di Stefano” stadioni haqidagi tanqidiy gaplariga izoh berdi.

Tecno

Ma’lumki, madridliklar asosiy arenasi “Santyago Bernabeu” ta’mirlanayotgani bois, Chempionlar ligasi chorak finalining birinchi uchrashuvida “Liverpul”ni “Alfredo Di Stefano” stadioni qabul qilgan edi.

- Men hurmatsizlik qilmoqchi emasdim. Aslida “Real” qaerda o‘ynashni istasa, men ham shunga roziman. Hozir ular asosiy stadionini ta’mirlash bo‘yicha ish olib boryapti va bu menga hech qanday muammo tug‘dirmaydi. “Real” zaxira maydonidan raqiblar oldida qandaydir ustunlikka ega bo‘lish uchun o‘ynayotgani yo‘q. Gaplarim kimningdir ko‘ngliga tekkan bo‘lsa, uzr so‘rayman. Men bunday bo‘lishini istamagandim, - dedi Yurgen Klopp.

“Alfredo Di Stefano” stadionida o‘tgan ilk uchrashuvda Zinedin Zidan shogirdlari Klopp futbolchilarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!