Klopp Saloh va Mane o‘rniga ikki futbolchiga og‘iz solmoqda

  • 14 sentabr, 2021, 21:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” qishki transferlar vaqtida ikki nafar hujumkor futbolchini xarid qiladi. Yurgen Kloppning bu qarori Muhammad Saloh va Sadio Manening qishda Afrika kubogida ishtirok etig uchun o‘z yurtiga jo‘nab ketishi bilan bog‘liq.

Germaniyalik mutaxassis anchadan beri “Lids” vakillari – hujumchi Patrik Bemford va yarim himoyachi Rafinyaning o‘yinlarini kuzatib kelmoqda.

Bu ikki o‘yinchini olish oson bo‘lmasa-da, “Liverpul” vakillari yil oxiriga borib transfer borasida “Lids”ga murojaat qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shuningdek, Yurgen Klopp asosiy tarkibga kira olmay qolgan braziliyalik Roberto Firminoni ham sotib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!