
Klopp transfer rejalarini oshkor qildi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozgi transferlar davridagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Hozir yoz va har bir murabbiy yangi futbolchilarni olishni orzu qiladi. Bizning tarkibimizni bir ko‘rib chiqaylik. Bizga yangi qanot himoyachisi yoki darvozabon kerakmi? Bizda bu pozitsiyalarda eng zo‘r yigitlar o‘ynaydi.
Yarim himoyamizda ham tajribali futbolchilar Jons va Elliot kabi yoshlar bilan uyg‘un tarzda to‘p tepmoqda. Hujumda Firmino, Saloh, Mane, Jota, Shakiri, Minamino va Origi bor. Hozir ularga o‘xshagan futbolchi oladigan bo‘lsak, katta xarajat qilishga to‘g‘ri keladi. Jamoamizda yuqori saviyali ijrochilar jamlangan ekan, boshqalariga ehtiyoj yo‘q, - dedi Yurgen Klopp.
“Liverpul” yozgi transferlar vaqtida faqatgina bir futbolchi – Ibraim Konateni qo‘lga kiritdi. Iste’dodli himoyachi uchun liverpulliklar “Leyptsig” jamoasiga 35 million funt to‘ladi.
Fikrlar