Klopp uchun navbatdagi "bosh og‘riq"

"Liverpul" hujumchilari Diogu Jota va Roberto Firmino APL doirasidagi "Lids"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ikki futbolchi ham jarohatidan tiklanish bilan band. "Liverpul" – "Lids" o‘yini 23 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 00:45da start oladi. 

Ma’lumot uchun, mersisaydliklar ayni damda bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda turnir jadvalida 57 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Agar bugun g‘alaba qozonilsa, peshqadam "Siti" bilan oradagi farq 3 ochkoga qisqaradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!