Kloppga AQSh va Angliya termalari taklif bilan chiqqan

  • 17.02.2026 01:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Yurgen Kloppning agenti Mark Kositske nemis murabbiyining faoliyatini davom ettirish bo‘yicha qanday variantlar bo‘lgani haqida gapirdi.

Ma’lum qilishicha, Klopp "Red Bull" tizimiga o‘tishidan oldin bir qator jiddiy takliflarga ega bo‘lgan. U AQSh yoki Angliya terma jamoalarini boshqarishi mumkin edi. Shuningdek, agar Yulian Nagelsmann lavozimda bo‘lmaganida, Germaniya termasini ham qabul qilishi ehtimoldan xoli emas edi.

Bundan tashqari, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" ham Kloppga qiziqish bildirgan. Garchi murabbiy Angliyada boshqa klubni boshqarmasligini ochiq aytgan bo‘lsa-da, bunday takliflar to‘xtab qolmagan.

Klopp "Liverpul"ni 2015 yil oktyabridan 2024 yil mayigacha boshqardi. Uning qo‘l ostida “qizillar” uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylandi, Chempionlar ligasi finaliga uch marta chiqdi va bir bor ushbu musobaqada g‘olib bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!