
Kloppning o‘rnini kim egallashi oshkor bo‘ldi
“Liverpul” muxlislari va ayrim mutaxassislar klubning afsonasi Stiven Jerrard kelajakda jamoani boshqarishi mumkinligi haqida gapira boshladi.
“Liverpul” xo‘jayinlari esa, “Reynjers”ni muvaffaqiyatli boshqarganidan keyin yaqindagi “Aston Villa”ni qabul qilib olgan sobiq futbolchini kelajakda ham jamoani boshqarishga chaqirmoqchi emas.
Hozirgi bosh murabbiy Yurgen Kloppning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi. Klub mutasaddilari shundan so‘ng futbolchilarni germaniyalik murabbiyning yordamchisi hisoblangan Pep Leynders shug‘ullantirishini istayapti.
Bu mutaxassis anchadan beri Klopp bilan hamkorlikda ishlamoqda. Uning bosh murabbiy bo‘lishi jamoada germaniyalik murabbiy yo‘lga qo‘ygan uslubning davom etishiga xizmat qiladi.
Klopp “Liverpul”ni katta tanaffusdan keyin Angliya chempioniga aylantirdi. Shuningdek, liverpulliklar bu mutaxassis qo‘l ostida Evropa Chempionlar ligasida ham zafar quchdi.
Fikrlar