Kloppning yana jahlini chiqarishdi

  • 23 dekabr, 2022, 13:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya liga kubogi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (2:3) VAR tizimi yo‘qligini tanqid qildi.

Tecno

"Xoland uchrashuv boshida ofsaydga chiqib ketdi. E’tibor bermadingizmi? U yaqqol qoidani buzdi. Bu butun o‘yin ritmini o‘zgartirib yubordi. O‘yindan tashqari holat bo‘ldi, lekin bayroq ko‘tarilmadi.

Hakamlar VARga o‘rganib qolishgan va bugun uning yo‘qligi ancha pand berdi. Ba’zi vaziyatlarda referi VAR mavjuddek engil tin oldi va qandaydir maslahatni kutayotgandek taassurot qoldirdi. Stadionda hamma yaqqol ko‘rgan bir nechta ofsayd holatlari bo‘ldi. Ammo biz buni o‘sha paytda isbotlab bera olmasdik, bu achinarli.

Barcha musobaqalarda VAR bor, Premer-ligada u mavjud, nega bugungi o‘yinda ham undan foydalanmaslik kerak edi?! Tushunishimcha, turli darajadagi kubok bahslarida undan foydalanib bo‘lmaydi, lekin bu kabi markaziy uchrashuvlarda texnik uskunalardan foydalanish kerak edi, bu kabi bahslarni inson omili buzib qo‘ymasligi shart", — dedi Klopp.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!