
Kloze "Bavariya"da yangi lavozimga tayinlandi (foto)
Afsonaviy hujumchi Miroslav Kloze “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning assistentiga aylandi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 41 yoshli Kloze nemis grandi bilan 2021 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan. Ta’kidlash kerakki, u bungacha “Bavariya U17” jamoasini boshqarib kelayotgan edi.
Kloze 2007-2011 yillarda “Bavariya” safida to‘p surgan va 98 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 24 ta gol urgan.
Fikrlar