
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi kubogiga Infantinoning ismi yozildi
FIFA prezidenti Janni Infantinoning ismi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi kubogiga yozildi.
FIFA va Tiffany & Co tomonidan ishlab chiqarilgan oltin kubok payshanba kuni taqdim etildi. Tashkilotning amaldagi prezidenti Janni Infantino ismini mazkur sovrinda ikki marotaba ko‘rish mumkin.
Yozuvlardan birida shunday deyilgan: "Tashkilotchi-prezident Janni Infantino". Yozuvdan keyin uning imzosi keladi.
Infantino tilga olingan boshqa bir parchada: "Biz yangi davr guvohi bo‘lib turibmiz. Klub futbolining oltin davri: FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionati davri. FIFA prezidenti Janni Infantinodan ilhomlangan holatda." - deb yozilgan.
Fikrlar