Klublar o‘rtasidagi JCh. "Al-Ayn"dan fantastik kambek

  • 12 dekabr, 2018, 23:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Al-Ayn shahridagi "Xazza bin Zayed" stadionida kechgan bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida jangovar durang qayd etildi - 3:3.

Tecno

E’tiborlisi, uchrashuvning birinchi bo‘limi Okeaniya mintaqasidan tashrik buyurgan jamoaning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Ammo tanaffusdan so‘ng Zoran Mamich shogirdlari raqiblar darvozasiga javobsiz 3 ta gol kiritdi va o‘yinni qo‘shimcha taymlarga qadar davom etishini ta’minladi.

Esktra taymlarning so‘nggi daqiqasida Muhammad Abdulrahmon qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Shunday bo‘lsada, "Al-Ayn" futbolchilari iroda ko‘rsatib, penaltilar seriyasida 4:3 hisobida raqibdan ustun kelishdi.

Shu tariqa, Zoran Mamich shogirdlari chorak final yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi. Endi ular Tunisning "Esperans" jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

«Al-Ayn» (BAA) — «Tim Vellington» (Yangi Zelandiya) — 3:3; penaltilar seriyasi — 4:3

Gollar: Barsiya, 11 (0:1); Klepxem, 15 (0:2); Ilich, 44 (0:3); Siotani, 45 (1:3); T. Dumbiya, 49 (2:3); Berg, 85 (3:3).

Chetlatish: Muhammad Abdulrahmon (120)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!