Klublar o‘rtasidagi JCh. Yarim final juftliklari bilan tanishing!
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining yarim final bosqichiga ham etib keldik. Chorak finalda "Al-Ahli" "Al-Ittihod"ni 3:1 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, "Urava Reds" "Leon" ustidan zafar quchdi.
Shu tariqa, yarim finalda "Manchester Siti" "Urava Reds", "Fluminense" esa "Al-Ahli" bilan kuch sinashadi. O‘yinlar 18 va 19-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, turnir translitsyaisini MTRK xarid qilgan. Shuningdek, uchrashuvlarni FIFA+ platformasidan tomosha qilishingiz ham mumkin.
Fikrlar