KO‘JCh. Husanov zaxirada qoldirilgan uchrashuvda "Manchester Siti" "Yuventus"ni yirik hisobni yutdi

  • 27 iyun, 02:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati "G" guruhining so‘nggi turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Manchester Siti" klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" turnliklarni 2:5 hisobida taslim etib, guruhni peshqadam bo‘lib yakunladi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Doku chiroyli zarba bilan hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib esa Kopmeyners tezda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin 26-daqiqada "Yuventus" himoyachisi Kalulu avtogolga sababchi bo‘lib, o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 52 va 69-daqiqalarida Xoland va Foden ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘ydi. 84-daqiqaga kelib esa Yildizning uzatmasini Vlaxovich golga aylantirib, oradagi farqni biroz bo‘lsa-da, qisqartirdi. 
 
Ushbu g‘alaba orqali manchesterliklar guruh bosqichini 100 lik natija bilan yakunladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!