Kokorin "Spartak"ga emas, A Seriya klubiga o‘tishi mumkin edi...
“Spartak” hujumchisi Aleksandr Kokorin shu yoz “Fiorentina”ga o‘tishi mumkin edi.
Metaratings nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, rossiyalik futbolchini A Seriyaga ko‘chib o‘tishini Fabio Kapello xohlagan. Tomonlar 2-3 yillik shartnoma va yiliga 2,5 million evro maosh borasida muzokaralar o‘tkazgan. Biroq, bu transfer agent Elizabet Bartosh tufayli barbod bo‘lgan. Natijada, Kokorin “Spartak” bilan shartnoma imzolagan.
Kokorin hozircha jarohatidan davolanmoqda va shu sababli “Spartak” safida hali debyut qilganicha yo‘q.

Fikrlar