Kolarov A Seriyaning so‘nggi 13 yildagi eng sermahsul himoyachisiga aylandi

  • 21.12.2019 11:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Italiya A Seriyasining 17-turida “Fiorentina” o‘z maydonida “Roma”ni qabul qildi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu kuni “bo‘rilar” himoyachisi Aleksandr Kolarov “binafsharanglilar” darvozasini 18 metrlardan aniq nishonga oldi va o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Bu esa serbiyalik futbolchi uchun joriy mavsumdagi 9-gol bo‘ldi.

E’tiborlisi, Kolarov so‘nggi 13 yil ichida A Seriyada eng ko‘p gol urgan himoyachiga aylandi. Ta’kidlash kerakki, so‘nggi bor bu qadar sermahsullikni Massimo Oddo qayd etgan edi. U butun mavsum davomida 10 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol eta olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!