Kompani: "Oltin to‘p" “Bavariya” futbolchisiga nasib etishini umid qilaman"
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa futbolchilari Xarri Keyn va Maykl Olissning «Oltin toʻp» uchun imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Gʻolib allaqachon aniqlandi, shuning uchun mening gaplarim hech narsani oʻzgartirmaydi. Kechirasiz, ammo men har kuni “Oltin toʻp” haqida oʻylamayman. Hozir meni faqat “Augsburg” bilan boʻladigan oʻyin qiziqtirmoqda. Biroq sovrin “Bavariya” futbolchisiga nasib etishini umid qilaman», — dedi Kompani. Uning soʻzlarini Bayern & Germany nashri keltirdi.
Eslatib oʻtamiz, «Oltin toʻp» uchun ovoz berish jarayoni yakunlangan. Sovrin sohibi 26 oktyabr kuni Londonda boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimida eʼlon qilinadi.
Germaniya chempionatining 5-turidan oʻrin olgan «Augsburg» — «Bavariya» uchrashuvi 10 oktyabr, shanba kuni boʻlib oʻtadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Fikrlar