Konate “Real”ga o‘tib, millionerga aylanadi

  • 04.06.2026 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi fransiyalik markaziy himoyachi Ibrohim Konatega shartnoma imzolagani uchun 20 million yevro miqdorida bonus to‘laydi. Bu haqida Sport.es sayti xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli futbolchining “Qirollik klubi”dagi yillik maoshi taxminan 12 million yevroni tashkil qiladi.

Konate “Liverpul”dagi oxirgi mavsumida ham shunga yaqin maosh olgan. Fransiyalik futbolchi 2030 yilning yarmigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekadi.

“Liverpul” o‘z o‘yinchisi bilan hamkorlikni uzaytirishni uddalay olmaganidan keyin, 31 may kuni Konate bilan hamkorlik to‘xtatilganini rasmiy e’lon qilgan edi.

Himoyachi mersisaydliklar safida 2021 yil yozidan buyon o‘ynab kelgan. Bu vaqt mobaynida fransiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 183 ta o‘yinda qatnashib, yettita gol va to‘rtta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!