Konferentsiyalar Ligasi. Bugun "Roma" Norvegiyada mehmon bo‘ladi

  • 21 oktabr, 2021, 09:05
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bellashuvlar orasida biz uchun ahamiyatlisi "Roma" ishtirokidagi bahs ham bor.

Tecno

Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "bo‘rilar" safarda Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubini sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:45da boshlanadi.

Joze Mourino shogirdlari joylashgan "S" guruhidagi ikkinchi bahs TsSKA Sofiya va "Zarya" klubi o‘rtasida kechadi. Bu o‘yin 00:00da start oladi.

Ma’lumot uchun, "Roma" ayni damda 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, "Budyo-Glimt" 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugoff Dlyabiznesa
21/10/2021 09:52
Элдор Асосийда тушса керак, уйинни хавола силкаси Uzbekistan Legioners телеграм каналида бор, хамма легионерларимиза уйинлари хаволаси жойланиб борилади..