
Konferentsiyalar ligasi saralashi. "Tobol" ortiqcha qiyinchiliksiz keyingi bosqichga yo‘l oldi, Sergeevga esa imkoniyat berilmadi
Konferentsiyalar ligasi 2-saralash bosqichi doirasida "Tobol" Gibraltarning "Linkoln Red Imps" jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Jamoalarning tarkibi quyidagi edi:
«Linkoln Red Imps»: Kouling, Uayzmen, Serdjant, Lopesh, Toskano, Ronan, Yaxaya, Uoker, Nano, Penya, Gomes;
«Tobol»: Mokin, Amanovich, Tomashevich, Marochkin, Malyy, Kairov, Jarynbetov, Yovanchich, Tagibergen, Jaksilikov, Toshich.
Gol: Toshich 31' (0:1)
Ilk uchrashuvdagi hisob - 0:2
Qayd etish lozim, mazkur bellashuvda "Tobol" safida to‘p tepayotgan legionerimiz Igor Sergeev zaxirada qoldirildi.
Fikrlar