KONMEBOL. Kurashlarga boy o‘tgan o‘yinda Argentina g‘alaba qozondi
Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Braziliya - Argentina uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar kichik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona golni Otamendi urdi. Himoyachi 63-daqiqada qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.
Shu tariqa, Argentina 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir peshqadamligini saqlab qoldi. Braziliya esa 6-pog‘onaga tushib ketdi.



Fikrlar