
Konor ehtimoliy uch jangi haqida gapirdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor MakGregor boks qoidalari bo‘yicha Olajide Olatunji, Jeyk Pol va Tommi Fyuri bilan jang qilishi ehtimolini baholadi.
"Men uchun raqib tanlash yarim kunlik ish. O‘ylaymanki, men ko‘proq Olajide bilan jang qilganim afzal. Bu Buyuk Britaniyada ham ancha katta shov-shuv bo‘ladi. Qolgan jangchilar bilan ham xuddi shunday. Ishonchim komilki, biz bu yigitlar bilan qachondir bo‘lsa ham to‘qnash kelamiz'', - deb Konorning so‘zlaridan iqtibos keltiradi SneakPeek TV.
Eslatib o‘tamiz, MakGregor faoliyati davomida 28 ta jang o‘tkazgan va ularning 22 tasida g‘alaba qozonib, 6 tasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan.
Fikrlar