
Konor Habibning kamariga ega chiqmoqchi
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor MakGregor qaysi vazn toifasida jangga kirishi haqidagi savollarga javob berdi:
"Laboratoriya natijalarini oldik va barchasi hal bo‘lib ulgurdi: kelgusi jangimni engil vazn toifasida o‘tkazaman".
Irlandiyalik sportchining galdagi raqibi Dastin Pore bo‘lishi kutilyapti va UFC ushbu jangni 23 yanvar sanasida o‘tkazishni rejalashtiryapti.
Engil vazn toifasidagi chempionlik kamari Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlagani sabab, vakant bo‘lib turibdi.
Fikrlar