
Konor Makgregor 2024 yildagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi
Konor Makgregor 2024 yilda uch marta jang o‘tkazmoqchi ekanligini aytdi.
“Bu yil uchta jang o‘tkazaman: iyun, sentyabr va dekabrda. Birinchi galda Chendler. Sentyabr oyida Meksika Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan turnir bo‘lib o‘tadi. Ehtimol, meksikalik bo‘lgan kimdir.
Diaz ideal nomzod bo‘lardi. Ammo men barcha tafsilotlarni bilmayman. Bu yaxshi bo‘ladi deb o‘yladim”, — dedi UFC sobiq chempioni Konor Makgregor.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor oxirgi marta 2021 yilning yozida Dastin Pore bilan jangda oyog‘ini sindirib olgandi.
Fikrlar