
Konor MakGregor hamda Maykl Chendler o‘rtasidagi ilk konferentsiyaga mezbonlik qiladigan shahar ma’lum!
Dana Uaytning ma’lum qilishicha Konor MakGregor (22-6) va Chendler (23-8) o‘rtasidagi jangdan avvalgi ilk konferentsiya 3 iyun kuni Irlandiyaning Dublin shahrida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, chiptalar tekin deb ma’lumot berib o‘tdi Dana Uayt. Shundan so‘ng UFC yulduzi Konor "Mening jangim, mening uyim" qabilida Instagramda sharx qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, MakGregor va Chendler o‘rtasidagi jang 29 iyun kuni AQShning Las-Vegas shahridagi "T-Mobile arena"da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar