
Konor Makgregor: "Tayyor turing, tez orada juda katta yangilikni e’lon qilaman"
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor vatandoshlariga muhim murojaat bilan chiqdi.
"Irlandiya, hukumatimiz elitasi shashka o‘ynasa, men shaxmat o‘ynayman. Tayyor turing, tez orada jonli efirda juda katta yangilikni e’lon qilaman. O‘rningizga mahkam joylashib oling. Barchasi Irlandiya uchun!" - deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Konor bir necha hafta oldin Irlandiya prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi ekanini ma’lum qilgandi.
Fikrlar