Konor MakGregor: "Tramp Pensilvaniyada o‘qlarni tufurib yubormoqda!"

  • 14 iyul, 2024, 16:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun tongda AQShning sobiq prezidenti va yana prezidentlikka da’vogarlik qilayotgan Donald Trampning Pensilvaniyadagi chiqishi vaqtida unga suiqasd uyushtirilgandi. Otilgan o‘q uning qulog‘ini jarohatlagani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Trampda barchasi joyida ekanligi ham ma’lum bo‘ldi. Ushbu voqeylikdan so‘ng bir qator MMA jangchilari bunga o‘z munosabatini bildirishdi.

Konor Makgregor: 
"78 yoshli O‘rtaer dengizida yaxtada dam olib, golf uchun maydonlarni ko‘rishi kerak bo‘lgan milliarder. Ammo u bunday qilmaydi. U Pensilvaniyada o‘qlarni tufurib yubormoqda! Vataniga muhabbati tufayli. Ey Xudo Donaldga yordam ber! Ey Xudo Qo‘shma Shtatlarni asra". 

Kolbi Kovington:  "Prezident Tramp - dunyodagi eng kuchli odam. Uni va oilasini Xudoni o‘zi saqlasin". 

Shon Striklend:  "Tramp - mutloq yirtqich. Uni otib qo‘yishdi, u esa o‘z xalqi uchun kurashmoqda". 

Xorxe Masvidal:  "U aniq Yaratganning suygani. Prezident Trampga shikast etmaganidan xursandman. So‘llar buni biladi! Ular zulm va shunga o‘xshashlarga qarshimiz deb ko‘p gapirishadi, biroq ko‘rib turibmizki ular hech nimadan tab tortmaydi.

Maykl Chendler:  "Bu yigit - haqiqiy erkak! Qulog‘ingiz bir qismini uzib tashlashganini tasavvur qilib ko‘ring. Hayotingizni millimetrlar asrab qolganini o‘ylab ko‘ring. Siz ham shunday reaktsiya qilarmidingiz? Etakchimiz uchun ibodat qilamiz". 

Mett Braun:  "Tramp hozir saylovda g‘alaba qozondi. O‘yin tugadi. Men uning muhlisi emasman, lekin o‘rnidan turib, musht qilgan qo‘lini ko‘tarib baqirgani.., uni qattiq hurmat qilaman". 

Aldjameyn Streling:  "Siyosiy yo‘naltshning qaysi tomonida bo‘lishingiz ahamiyatsiz. Bu barcha chegaralardan o‘tishdir. Lavozim uchun adolatli kurash, raqibni umridan judo qilishdan afzalroq".

Dana Uayt:  "Payshanba kunni sabrsizlik bilan kutyapman. Donald Trampni Respublikachilar partiyasining milliy yig‘ilishida u haqida butun dunyoga qanday shaxsligi va do‘st ekanligi to‘g‘risida aytaman!". 

Marlon Vera:  "O‘q otgan Bayden kabi rasvo ekan". 

Josh Tompson:  "Djo Baydan siyosiy raqibiga qarshi hujumni qoralarmikan? Xonimlar va janoblar, popkorn olib o‘tiring, bizni qiziqarli media-tsirk kutmoqda". 

Yuraya Xoll:  "Ular shu yo‘lga o‘tgan ekan, Tramp aslida yaxshi yigit ekanligiga endi ishondim". 

Jek Pol:  "Xudo kimning g‘alaba qozonishini xohlashi endi ravshan bo‘lmadimi? Xudoning farishtalarini va tinchlik qutqaruvchilarini o‘ldirmoqchi bo‘lsang, ular yanada ko‘payadi. Yaxshilik doim yomonlikni engadi". 

Ali Abdel-Aziz:  "Ular Trampni bekor qilishmoqchi bo‘lishdi. Uddalay olishmadi. Ular qamoqqa tiqishmoqchi bo‘lishdi. Uddalay olishmadi. Endi o‘ldirishmoqchi bo‘lishdi. Tramp 2024. Ish bitdi - amerikaliklarga mana qanday jangchi kerak".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!