Konor MakGregor Xabib bilan revansh jangini xohlasa, avval kim bilan jang qilishi zarur?

CHERY AUTO

UFC ning engil vazn toifasidagi jangchisi Kevin Li Konor MakGregor bilan jang qilmoqchi, ammo bu bahs tashkil qilinishiga ishonmaydi.

"UFC hali ham 18 yanvar kuni Konorga raqib topishga harakat qilmoqda. Men Donald Cerrone nomzodini muhokama qilishayotganini bilaman, ammo shartnoma hali imzolanmagan.

 Konor menga o‘xshagan, unga raqobat tug‘dira oladigan kuchli jangchini mag‘lub etishni xohlaydi.

Agar, u Xabib bilan revansh jangini istasa, men bilan jangni  amalga oshirishi kerak. Mazkur to‘qnashuv u uchun mantiqan to‘g‘ri bo‘lar edi.

Ammo rostini aytsam, bunday bo‘lmaydi. Ular meni Konorga yaqinlashishimga ijozat bermaydilar ”, -dedi Kevin Li.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!