
Konor MakGregorning o‘zbekistonlik sparring sherigi Qozog‘istonda jang qiladi!
Hamyurtimiz, UFC sobiq chempioni Konor MakGregorning sparring sherigi Bahromjon Ro‘zievning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumki, Ro‘ziev Konor MakGregorga tegishli menejerlik kompaniyasi mijoziga aylangan edi va uni katta ehtimol bilan Evropaning Cage Fury yoki okean ortining biror bir ligasida jang qilishi kutilgandi. Biroq, voqealar rivoji boshqa tomonga aylandi va yurtdoshimiz 26 aprel kuni Qozog‘istonning Naiza ligasida jang qiladigan bo‘ldi. Albatta, uning nufuzli promoushenlarga qo‘shilishiga shubhammiz yo‘q. Zero, u etarli darajada kuchga ega menejerlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda.
Hozirda Baxromjon Ruzievni rekordi 2-0 ko‘rinish olgan. Bunday janglar esa, uning rekordini yaxshilash imkonini beradi. Albatta, hamyurtimizga kutilayotgan jangida omad tilaymiz!
Fikrlar