
Konte "Inter"ga "Arsenal" himoyachisini olib kelmoqchi
Milanning "Inter" klubi joriy transferlar davrida "Arsenal" himoyachisi Loran Kosielni bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar”ning yangi ustozi Antonio Konte jamoaning o‘yin uslubini o‘zgartirmoqchi. Tajribali mutaxassis jamoada 3 ta markaziy himoyachi bilan o‘ynamoqchi. Shu bois ushbu chiziqqa tajribali futbolchilarni jalb etishni maqsad qilgan.
O‘z navbatida “Arsenal” esa Kosielni o‘rniga “Barselona”dan Samyuel Umtitini olib kelishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli frantsiyalik futbolchi ortda qolgan mavsum “kanonirlar” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar