
Konte "Inter"ga London klubidan hujumchi olib kelmoqchi
Londonning "Vest Xem" klubi forvardi Marko Arnautovich mavsumlar oralig‘ida APLni A Seriyaga almashtirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli avstriyalik futbolchini “Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda. Ushbu transfer esa “neradzurrilar”ga taxminan 34 mln evroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Arnautovich o‘tgan mavsum jarohatlar sabab ko‘plab uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi. U APLda 28ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar