
Konte: "Ko‘rinishidan avvalgi darajamda emasman"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasi "Byornli"ga yutqazgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Aytishicha, oxirgi 5 o‘yinda "shporlar" quyi liga jamoasi kabi harakat qilgan.
"Men bu erga vaziyatni yaxshilash uchun keldim. Lekin ko‘rinishidan avvalgi darajamda emasman.
Biz so‘nggi 5 o‘yinning 4tasida mag‘lub bo‘ldik. Buni qabul qilish oson emas.
Biz qattiq harakat qilyapmiz, futbolchilarni eng yuqori pog‘onaga olib chiqish uchun mehnat qilmoqdamiz. Lekin yakunda hech narsa o‘zgarmayapti.
Agar biror narsa xato ketayotgan bo‘lsa, men javobgarlikni bo‘ynimga olaman. Ammo men doim klub uchun yordam berishni istayman", - dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar