Konte: "Pioli jamoasi uchun og‘ir davrlar boshlanmoqda"

  • 16 sentabr, 2021, 18:25
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte Chempionlar Ligasi guruh bosqich ilk turi doirasidagi "Liverpul" hamda "Milan" uchrashuvi (3:2) haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

"Bu og‘ir o‘yin "Milan"ning oldinga siljishiga yordam berishiga ishonaman. Darhaqiqat, Pioli jamoasi uchun og‘ir davrlar boshlanmoqda.

Uchrashuv milanliklar uchun nihoyatda og‘ir tempda boshlandi, ammo jamoa qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘lgandi.

Afsuski, «Liverpul» ikkinchi bo‘lim avvalida tezkor gol urdi va bu o‘yinning borishiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi", - deydi Konte.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi turda "Milan" o‘z uyida "Atletiko" bilan o‘yin o‘tkazadi. "Liverpul" esa "Portu" maydoniga tashrif buyuradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!