
Konte “Tottenxem“dan norozi
“Tottenxem“ bosh murabbiyi Antonio Konte klub transfer siyosatidan ko‘ngli to‘lmayapti. Uning aytishicha, jamoaga tajribali va yuqori darajadagi futbolchilar kerak.
“Biz qishda tarkibni kuchaytirish o‘rniga uning aksini bajardik. 4 muhim futbolchimiz ketdi. Ular o‘rniga esa 2 futbolchi olib kelindi.
Bizga katta o‘yinlarga tayyor o‘yinchilar kerak. Rivojlanish davridagi yoshlar bizda etarlicha topiladi.
Rahbariyat yoshlarga e’tibor berishimizni so‘rayapti. Mana asl muammo qaerda. Qaytaraman, bizga yuqori sifatli futbolchilar kerak. Bu juda muhim“, - dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar