Kontedan rad javobini olgan "Roma" endi Sarri nomzodini ko‘rib chiqmoqda
“Roma” klubi rahbariyati “Chelsi” bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining nomzodini ko‘rib chiqishmoqda.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra rimliklar Antonio Konte ularga rad javobini bergach aynan 60 yoshli mutaxassis nomzodiga to‘xtalishgan. Biroq, Sarrining “Chelsi”dan ketish yoki ketmasligi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, “Roma”ni ayni damda Klaudio Raneri boshqarmoqda. Uning shartnomasi esa mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar