Ko‘rishingiz kerak! Kartochkalarga boy o‘tgan bahsda "Seltik" asosiy raqobatchisi "Reynjers"ni taslim etdi (Videosharh)

  • 31 dekabr, 2023, 01:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shotlandiya chempionati 21-turidan o‘rin olgan "Seltik" - "Reynjers" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. 

Gonsalvesh va Bernarduning gollariga Taverne bir marotaba javob qaytardi. 

Shu tariqa, "Seltik" ochkolarini 51 taga etkazib olgan holda, Shotlandiya chempionati turnir jadvalida yaqqol peshqaadmga aylandi. 43 ochkosi bor "Reynjers" esa ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. 

Qayd etish lozim, uchrashuv o‘ta shiddatli va kurashlarga boy o‘tdi. O‘yin davomida hakam futbolchilarga 11 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ko‘rsatdi. 

Quyida mazkur bellashuv videosharhini tomosha qilishingiz mumkin: 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!