
Koronavirus tufayli Koronaning narxi tushib ketdi
“Portu” yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasi oldidan hujumchisi Xesus Koronaning narxini tushirdi.
- O‘tgan yili Koronaning “Sevilya”ga transferi bo‘yicha muzokaralar bo‘lgan edi. “Portu” futbolchini 50 million evroga baholagan va muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortgan edi. Hozir hujumchining transfer narxi 30 million evroga teng, Korona ham Ispaniyada o‘ynash istagida, - dedi futbolchining agenti Matias Bunge.
Korona 2015 yilda “Tvente”dan olib kelingan edi. Shundan buyon meksikalik vorfard “Portu” uchun 211 ta uchrashuvda 26 ta gol urdi va 51 ta golli pas berdi.
Fikrlar