
Koronavirus sabab, A Seriya o‘yinlari o‘tkazilmaydi
Italiya yoshlar siyosti va sporti ministri Vinchentso Spadafora Lombardiya va Veneto shaharlaridagi barcha sport o‘yinlarini bekor qildi.
A Seriyaning 25-turidan o‘rin olgan 23 fevral kungi o‘yinlarda "Inter" - "Sampdoriya", "Atalanta" - "Sassuolo" va "Verona" - "Kalyari" uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Koronavirus tarqalish xavfi tufayli sport tadbirlari qoldirildi. Venetoda 78 yoshli erkak kasallikdan vafot etgan, Lombardiyada 75 yoshli ayol vafot etdi. Ushbu hududlarda o‘nlab insonlar kasallikka chalingan.
Fikrlar