
Koronavirus tufayli "Yuve", "Inter", "Milan" va yana bir qator jamoalarning o‘yinlari qoldirildi
Koronavirus Italiya A Seriyasining 26-turidan o‘rin olgan 5 ta uchrashuvga ta’sirini o‘tkazdi.
"Yuventus" – "Inter", "Milan" – "Jenoa", "Parma" – SPAL, "Sassuolo" – "Breshiya" va "Udineze" – "Fiorentina" qarama-qarshiliklari 13 may sanasiga qoldirildi.
Avvalroq, ushbu bahslar muxlislarsiz o‘tkazilishi ma’lum qilingandi, endi esa vaqtlarni o‘zgartirishdi.
Fikrlar