Koronavirus uning ishiga to‘sqinlik qilyapti
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi David Alaba shartnomasini uzaytirish uchun bilan muzokaralar o‘tkaza olmayapti.
Sport1 nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli avstriyalik futbolchining agenti Pini Zaxavi koronavirus sabab aviareyslar to‘xtatilgani uchun Myunxenga bora olmayapti. Bundan tashqari, u mijozining transferi bo‘yicha boshqa klublardan yaxshiroq takliflar kutmoqda. Avvalroq esa unga “Real” va “Barselona”dan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Alaba joriy mavsum “Bavariya” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar