Korostichenko: "Kapadze bizga masalahat berib turibdi"

  • 10 avgust, 2024, 07:41
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 15-tur bahslari start oldi. Lokomotiv jamoa bu tur Olimpik bilan kuch sinashdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Qarama-qarshilik bosim bilan boshlanib, yakuniga qadar temp tushgani yo‘q. O‘ylashimcha, kurashlarga boy bahs guvohi bo‘ldik. Lokomotiv hozir har bir bellashuvda g‘alaba qozonishi shart. Shu bilan birgalikda, biz ham ochko jamg‘arib borishimiz kerak. Har bir o‘yindagi ochkolar oltinga teng. Bugun ikki tomon ham raqib jarima maydonchasi ichida etarlicha imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Durang adolatli natija deb hisoblayman.

Olimpikda o‘zgarishlar ko‘p bo‘ldi. Imkoni bo‘lsa, shu haqida batafsil so‘zlab bersangiz?!

Darhaqiqat, jamoamizda o‘zgarishlar bo‘ldi. Asosiy tarkib a’zolari boshqa klublarga yo‘l oldi. Bu o‘yinimizga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Murabbiylar shtabi bilan birgalikda, boshqa futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazdik. O‘z-o‘zidan, kuchli va qimmat ijrochilarni o‘z safimizga qo‘shib olmadik. Legioner yoki tajribali futbolchi bilan tarkibni kuchaytira olmadik. Tarkibda, yoshi katta birgina futbolchi bor. Sunatilla Abdullajonov. Bugungi golni aynan u kiritdi. Rejaga ko‘ra, chempionat oxiriga qadar shu yigitlarga ishonamiz. 

Olimpik loyihasi yo‘q bo‘lib ketishi haqidagi mish-mishlarda jon bormi? Timur Kapadze ham postni topshirdi...

Timur aka, matbuot anjumanida, so‘nggi 4 yil juda katta bosim ostida o‘tganini aytdi. U hozircha ta’tilga chiqdi. Shunga qaramay, o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishda davom etmoqda. Tez-tez bizga masalahat berib turibdi. Biz esa, bor e’tiborimizni chempionat o‘yinlariga qaratamiz. Niyatimiz elitada jon saqlab qolish emas, yuqoriroq pog‘onani egallash. Agar bu ishni uddalasak, loyiha davom etadi deb o‘ylayman. 

Ayni damdagi tarkibingizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

Bu Olimpik proektining startida kuzatilgan xolat. O‘shanda ham jamoasiga kerak bo‘lmay qolgan futbolchilardan iborat edi jamoa. Ikkinchi davrada ularga o‘yin amaliyoti beramiz. Hammasi ularning o‘z qo‘lida. Bizda vaqt tanqis edi. O‘ylaymanki, yigitlar har bir uchrashuvga katta maqsadlarni ko‘zlab tushadi. 

Siz ketganingizdan so‘ng, Lokomotiv qay darajada o‘zgaribdi?

Birinchi davrada boshqa mutaxassis bilan boshlagan edi. Ilk turlarda hammasi joyida edi, ammo keyin nima bo‘lganini bilmayman. Bugungi kunda Aleksandr Sergeevich ustozlik qilmoqda. U yaxshi inson va kuchli mutaxassis. U jamoa bilan oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi deb o‘ylayman. O‘zgarish faqat ijobiy tomonga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!