Kot-d’Ivuar terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

  • 21 fevral, 2020, 21:12
  • 0
  • Futbol

Kot-d’Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyi Ibraim Kamar o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra tomonlar o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilishgan.

Ma’lumot uchun, Kamar Kot-d’Ivuar terma jamoasini 2018 yilning yozidan buyon shug‘ullantirib kelayotgan edi. Uning boshqaruvida terma jamoa 2019 yil Afrika millatlar kubogida 1/4 finalgacha etib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!