
Koutino, O‘tkir Yusupov, Taliska. Chempionlar ligasi 4-tur ramziy jamoasi tuzildi (foto)
Xabaringiz bor, “Navbahor” OChLning 4-turidan o‘rin olgan bahsni Eronda “Nassaji Mazandaran”ga qarshi o‘tkazib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘sha o‘yinda “lochinlar”ning tajribali posboni O‘tkir Yusupov ko‘plab raqib hujumlarini bartaraf etdi, seyvlarni amalga oshirib, namanganliklarning zafariga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.
Nufuzli "SofaScore" portali talqiniga ko‘ra, "lochinlar" darvozaboni O‘tkir Yusupov Osiyo Chempionlar ligasi (OChL)ning 4-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi.
Fikrlar