Koutino 16 yillik tanaffusga chek qo‘ydi

  • 15 dekabr, 2019, 11:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Germaniya Bundesligasining 15-turida “Bavariya” o‘z maydonida “Verder”ni qabul qildi va 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Shu kuni Filippe Koutino myunxenliklar safida xet-trik qayd etdi. E’tiborlisi, u so‘nggi 16 yilda "Bavariya" safida xet-trik qilgan ilk braziliyalik futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tish lozimki, so‘nggi bor Jovane Elber 2003 yilda "Bavariya" safida bir o‘yinda raqib darvozasiga 3 ta gol ura olgan edi.

Ma’lumot uchun, "Bavariya" Koutinoni o‘tgan yozgi transferlar davrida "Barselona"dan ijaraga olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!