Koutino Kumanga “Barsa”dan ketishini aytdi. Uning borar joyi ma’lum

  • 27 avgust, 2020, 20:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Filippe Koutino unga yangi mavsumda imkon berishini bildirgan Ronald Kumanga “Barselona”dan ketishini ma’lum qildi.

Braziliyalik yarim himoyachi Angliya premer-ligasiga qaytib, “Arsenal”da to‘p surishni istamoqda. Mikel Arteta jamoasida mohir pleymeykerga ehtiyoj bor. Chunki bosh murabbiy bu vazifani bajarib kelgan Mesut O‘zil bilan kelisha olmay qolgan.

 Ma’lumotlarga qaraganda, Arteta Koutinoning agenti Kia Jurabchan bilan muzokara o‘tkazgan va futbolchiga haftasiga 200 ming funt maosh berishni va’da qilgan.

Ayni paytda “Arsenal”ga Koutinoning transfer summasi qimmatlik qilishi mumkin. Kataloniya klubi uni 71 million funtga baholamoqda. Shu bois, “Arsenal” Filippeni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijarada o‘ynatmoqchi.

 

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!