Kovachich yana A Seriyaga qaytishi mumkin
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Mateo Kovachich mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli xorvatiyalik futbolchini Rimning “Roma” klubi o‘z safida ko‘rmoqchi. Aniqrog‘i klubning sport direktori Monchi Kovachichni sotib olishga jiddiy bel bog‘lagan.
Ma’lumot uchun, Kovachichi joriy mavsum “qirollik klubi” safida jami 22ta uchrashuvda ishtirok etgan va jamoasining 3ta goligi assistentlik qilishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, Kovachich uchun Italiya A Seriyasi begona emas. Boisi, 2013-2015 yillarda Milanning “Inter” klubida to‘p surgan.



Fikrlar