Kozak chempionatda 200dan ko‘proq o‘yin o‘tkazdi yoxud "Paxtakor" safida eng ko‘p uchrashuvda maydonga tushganlar

  • 8 noyabr, 2019, 11:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi sanalgan Vladimir Kozak milliy chempionatda 203 uchrashuvda ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

AGMKga qarshi ikkinchi davrada bo‘lib o‘tgan bellashuv Kozak uchun milliy chempionat doirasidagi 200-o‘yinga aylandi. Hozirga kelib Vladimirning uchrashuvlari soni 203taga etdi. Bu o‘yinlarda Kozak 21 gol urishga erishgan. Jamoa safida jami 274 rasmiy bahsda maydonga tushgan futbolchi 24 to‘pga mualliflik qilgan. U qanot va markaziy himoya, markaziy yarim himoyada to‘p tepib kelmoqda.

O‘zbekiston chempionatida "Paxtakor" tarkibida Vladimir Kozak eng ko‘p o‘yin o‘tkazish borasida 4-pog‘onadan joy olgan. Murod Aliev (232), Stanislav Andreev (213) va Anvar Soliev (205)dan keyin aynan ushbu o‘yinchi o‘rin olgan.

Jamoa safida barcha chempionatlarda eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi o‘zbek futboli afsonalaridan biri sanalgan Birodar Abduraimov bo‘lib, u 302 bellashuv o‘tkazgan. O‘tgan asrning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Gennadiy Krasnitskiy esa 246 bahsda jamoa sharafini himoya qilgan.

Quyida "Paxtakor" tarkibida SSSR va O‘zbekiston chempionatlari yuqori ligasida eng ko‘p uchrashuvlar o‘tkazgan futbolchilar bilan tanishib oling.

Birodar Abduraimov 302

Gennadiy Krasnitskiy 246

Murod Aliev 232

Stanislav Andreev 213

Vitaliy Suyunov 211

Anvar Soliev 205

Vladimir Kozak 203

Vladimir Shtern 202

Ilhom Suyunov 198

To‘lagan Isoqov 190

Viktor Varyuxin 187

Sobir Xodiev 187

Vladimir Tojirov 187

Hamid Rahmatullaev 184

Asror Aliqulov 179

Sherzod Karimov 178

Yuriy Pshenichnikov 177

Gennadiy Denisov 177

Bahodir Ibrohimov 174

Pavel Bugalo 173

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!