
Krishtianu Ronaldu: Ketishimni xohlaysizmi?
"Yuventus" klubi yulduzi Krishtianu Ronaldu italiyalik jurnalistga intervyu berdi.
- "Yuventus" bilan yaxshi damlarni o‘tkazdim. Oxirgi paytlarda men Turinni tark etishim borasida xabarlar tinmayapti. Lekin hozircha men yakuniy qarorni aytmadim yoki siz ketishimni xohlaysizmi? (kuladi, Ronaldu jurnalistga qarab). Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Hozir mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman, - dedi Ronaldu.
Portugaliyalik futbolchini PSJ o‘z safiga qo‘shib olishga rozi. Bu borada parijliklar Turin klubiga taklif ham tayyorlab qo‘ygan.
Fikrlar