Krishtianu Ronaldu zamonaviy futbolga moslashuv haqida gapirdi

  • 13.11.2025 13:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh–2026 saralash bosqichida Irlandiyaga qarshi o‘yin oldidan zamonaviy futbolga moslashuv haqida fikr bildirdi.

Tecno

— Gol urish osonlashdimi yoki qiyinlashdimi?

Meningcha, gol urish — futboldagi eng qiyin ish.

Men zamonaviy futbolga moslashdim — jismoniy va ruhiy jihatlariga, klublar, terma jamoalar va turli ligalarning o‘ziga xos tomonlariga ko‘nikib ketdim.

Aqlli futbolchi moslasha oladi. Men shunday deb o‘ylayman va shunday o‘ylashda davom etaman.

Futbol endi bir necha yil oldingidek emas. Hatto bir yil avvalgidek ham emas. Biroq mehnat hamisha bir xil bo‘lishi kerak: ba’zi jihatlarda kuchayasan, boshqalarida esa yo‘qotasan, — dedi Krishtianu Ronaldu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!